Sanjar Fayziyev va Oqgul Omonmurodova ITF tomonidan o‘tkazilayotgan turnirlarning chorak finaliga yo‘l oldi
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Slovakiyada o‘tkazilayotgan “Peugeot Slovak Open – 2016” xalqaro turnirining yakkalik bahslarini muvaffaqiyatli boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
D.Istomin birinchi davrada mezbonlar vakili Tomas Liskaga qarshi kortga chiqdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvning birinchi setida Denis Istomin taybrekda g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi setda 6:1 hisobida zafar quchdi va ikkinchi davrada ukrainalik Sergey Staxovskiy bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Sanjar Fayziyev va Oqgul Omonmurodova Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan Kuvayt va Belarusda o‘tkazilayotgan nufuzli turnirlarning chorak finaliga yo‘l oldi.
O.Omonmurodova Belarusda o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi davrasida ruminiyalik Irina Mariya Barani 6:1, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi tajribali tennischimiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun rossiyalik Anna Kalinskaya bilan kuch sinashadi.
S.Fayziyev Kuvaytdagi turnirning ikkinchi davrasida niderlandiyalik Pol Montebanni 6:0, 6:3 hisobida yengdi. Sanjar chorak finalda fransiyalik Ronan Jonkurni sinovdan o‘tkazadi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024