Tramp Yaponiya bilan o‘ziga xos hamkorlik aloqalarini mustahkamlash niyatida
AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozongan Donald Tramp Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotida Vashington va Tokio o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash niyatida ekanini bildirdi. Bu haqda, Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi o‘rinbosari Koiti Xagiuda jurnalistlarga ma'lum qilgan.
"Tramp Yaponiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni o‘ziga hos hamkorlik deb atadi hamda ushbu hamkorlikni mustahkamlash istagini bildirdi", - deya Xagiuda so‘zlaridan iqtibos keltiradi Kiodo agentligi.
Yaponiya bosh vaziri o‘z navbatida "yapon-amerika alyans Osiyo-Tinch okeani mintaqasida tinchlik va farovonlikka yordam beradi", - degan fikrni bildirgan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024