Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WP: Tramp eski qoidalarni o‘zgartirib Oq uy kalitini qo‘lga kiritdi
Foto: Getty Images
O‘z hayot tarzidan bir necha o‘n yillar mobaynida faxrlanib kelgan manhettenlik milliarder Donald Tramp ko‘p xatolar qilgan, ammo «o‘zi bilan kurashib» g‘olib bo‘ldi, deb yozadi The Washington Post.
Nashrning qayd etishicha, Tramp zamonaviy siyosat qoidalarini tan olmadi va saylovchilar bilan ular tushunadigan oddiy tilda gaplashdi. U odamlarga, ular istayotgan narsalarni gapirdi. Tramp elitaga qarshi chiqdi va g‘olib bo‘ldi.
Uning o‘ziga to‘q oilada dunyoga kelgani, boyligi bilan o‘ziga zeb bergani va qirollardek yashagani muhim emas. U shuningdek, qolipga tushib qolgan va odamlarning siyosat haqida qachon nima deyish kerakligi borasida dars beruvchi eski qoidalarga qarshi chiqdi va yana g‘alaba qozondi, deb yozadi The Washington Post.
Gazetaning fikricha, Tramp o‘zining mashhurligi uni aksar siyosatchilar og‘ishmay amal qiladigan qat'iy me'yorlardan himoya qiladi, deb o‘ylagan. U g‘alaba qozondi, chunki Tramp o‘ziga xos qiliqlari va izohlari «uning haqparvar va ishini oxiriga yetkazadigan insonligi haqida tasavvur hosil qilish»iga ishongan.
Mavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi
21:38 / 27.05.2025