Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nike Givenchy bilan hamkorlikda futuristik krossovkalarni ishlab chiqardi
Givenchy modalar uyining kreativ direktori Rikardo Tishi Nike sport brendi uchun krossovkalarning yangi modelini namoyish qildi.
Air Zoom Legend modeler ishtirokida futuristik shakl va qalin kamalaksimon "poshna"ga ega bo‘ldi. Yangi modeldagi krossovkalar Nyu-Yorkdagi NikeLab do‘konida sotuvga qo‘yildi, yil oxiriga borib, ular firmaning boshqa do‘konlarida ham sotiladi.
Bu Tishining Nike bilan birinchi hamkorligi emas. 2016 yilning avgustida u Force Flyknit Free va Free Transform Flyknit krossovkalarini taqdim etgan.
Nike kompaniyasiga 1964 yilda AQShda asos solingan va uning dastlabki nomi Blue Ribbon Sports bo‘lgan. Uning shtab-kvartirasi Bivertonda (Oregon shtati) joylashgan. Kompaniya mahsulotlari Nike Golf, NikeLab, Nike Pro, Nike+, Air Jordan va Nike Skateboarding brendlari ostida ham ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid
16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
16:15 / 04.07.2024
Omadsiz sportchi tashkil etgan kompaniya - jahonga mashhur Nike qanday paydo bo‘lgandi?
21:49 / 11.06.2024
Rossiya va Eron hamkorlik shartnomasi tuzish jarayonini to‘xtatdi
18:30 / 22.05.2024