Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama hanuzgacha Tramp prezidentlikka yaramaydi degan fikrda
AQSh prezidenti Barak Obama hali ham Donald Tramp prezidentlikka yaramaydi, degan fikrida qolmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest ma'lum qildi.
"Prezident fikri o‘zgarmadi. U hozir ham saylovoldi kampaniyasida bildirgan qarashlarini bildirmoqda. U bu haqda butun mamlakat bo‘yicha so‘zlagan nutqlarida aytgan, biroq amerikaliklar uning vorisi sifatida Trampni tanlashga qaror qilishdi", deb aytdi Ernest.
Ernest Obama o‘z qarashlariga qaramay, mamlakatda "hokimiyatning rejali asosda topshirilishini" istayotganini ta'kidlab o‘tdi.
7 noyabrda, saylovlarga bir kun qolganda Obama navbatdagi marta Tramp "o‘z fe'l-atvoriga ko‘ra prezident va mamlakat bosh qo‘mondoni bo‘lishga yaramasligini" aytgan. "Biz uning xatti-harakatlarini normal deb hisoblashni bas qilishimiz kerak. Biror telbalik vaqt o‘tishi bilan oddiy holga aylanishi g‘alatidir", deb aytgan Obama. Obama Trampning fikrlari "Amerika ovozini bildirmasligini" qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
09:59 / 07.11.2024
Sobiq prezident Obama Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
15:50 / 21.08.2024
«Bu kinoni oldin ham ko‘rganmiz». Obama Trampning ikkinchi muddati xavfidan ogohlantirdi
14:59 / 26.07.2024
Barak Obama saylovda Kamala Harrisni qo‘llashini ma’lum qildi
09:34 / 19.07.2024