Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Porsche Panamera ikki xil namunada ishlab chiqiladi
Ikkinchi avlod Porsche Panamera xetchbeki ikkita yangi modifikatsiyadagi namunasi— boshlang‘ich va uzaytirilgan ko‘rinishiga ega bo‘ldi. Uning ommaga rasmiy taqdimoti noyabr oyi o‘rtasida bo‘lib o‘tajak Los-Anjyeles motorshousida tashkil etiladi.
Panamera asosiy to‘plamiga 2,9 litrli, olti silindrli, 300 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatiladi. Agregat sakkiz bosqichli, ikkita ulanishli avtomatik transmissiya yordamida avtomobilni harakatga keltiradi. Uning boshqa turlaridan farqi, orqa g‘ildiraklarining yetakchi ekanligida.
Uzunroq toifasining g‘ildiraklar asosi 150 mmga uzaytirilgan va uzunligi 5,2 metrga yetkazilgan. Uning barcha g‘ildiraklari yetakchi bo‘ladi. Shunga ko‘ra, kuchliroq bo‘lgan 330 ot kuchiga ega motor o‘rnatiladi. Gibridli namunasiga 462 ot kuchli E-Hybrid motori joylanadi. 4S modeli 440 ot kuchli, Turbo namunasi 550 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanadi.
Porsche Panamera savdosi kelasi yil bahoridan boshlanadi,
Mavzuga oid
15:00 / 18.10.2024
O‘zbekistonda gibrid avtomobillar importi oshdi
10:42 / 25.09.2017
Benzin taslim bo‘lmayapti: ishlab chiqaruvchilar elektromobillarga qanday qarshi turmoqda?
18:53 / 09.09.2017
Video: Mercedes-AMG va Porsche sedanlari kuch sinashdi
20:31 / 12.06.2017