Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suzish bo‘yicha rossiyalik ikki karra jahon rekordchisi 8 yilga musobaqalardan chetlatildi
Xalqaro suzish federatsiyasi ikki karra jahon rekordchisi, 26 yoshli rossiyalik suzuvchi Vitaliy Melnikovning doping-namunasida o‘sish gormoni aniqlangani sababli uni 8 yilga musobaqalardan chetlatdi.
Ijobiy namuna Melnikovdan 2016 yil 29 martida olingan. Diskvalifikatsiya 22 apreldan boshlab hisobga olinadi. Bunday katta muddat sportchi o‘z faoliyatida ikkinchi marta doping bilan tushayotgani sababli berilgan. Birinchi bunday holat 2013 yilda yuz bergan.
Melnikov 26 yoshda ekanligi hisoga olinsa, bu diskvalifikatsiya uning professional ishtiroklariga yakun deganini anglatadi.
Voronyojlik sportchi orqada 100 metrga suzish bo‘yicha Rossiyaning eng kuchli suzuvchilaridan hisoblangan. Sportchi 7 marotaba Rossiya chempioni bo‘lgan, 2013 yilda Universiadani yutgan va mavsumdagi eng yaxshi natijani ko‘rsatgan.
Rossiyalik 25 metrlik suv havzasida kombinatsiyalashgan va aralash kombinatsiyalashgan estafetalarda ikki marotaba jahon rekordini o‘rnatgan. Sportchi aralash kombinatsiyalashgan estafetadagi rekordiga rossiyalik suzuvchi Yuliya Yefimova bilan birga erishgan.
Mavzuga oid
14:49 / 23.11.2023
O‘zbekiston o‘smirlari Angliyani JChdan chiqarib yubordi. Navbatda Fransiya
14:47 / 03.11.2023
Rasman: O‘zbekiston U20 jamoasi a’zosi OFK tomonidan 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
16:39 / 18.01.2021
Messi «Barselona»da ilk bor «qizil» oldi. Bunga qanday reaksiya bo‘ldi va u qancha vaqtga diskvalifikatsiya qilinadi?
14:55 / 30.11.2020