Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘g‘rilar Turkiyadagi eng mashhur mushuk haykalini joyiga qo‘yib ketishdi
Turkiyadagi eng mashhur mushuk hisoblangan Tombili haykali noma'lum kimsalar tomonidan Istanbulda o‘g‘irlab ketilgan edi. U shu kecha o‘g‘rilar tomonidan yana o‘z joyiga qaytarib qo‘yilgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Uning qaytarilgani haqidagi xabar mushukning “Feysbuk”dagi sahifasida ma'lum qilingan.
“Shu kecha o‘g‘rilangan mushukni joyiga qo‘yib ketishdi. Ular bilan hech qanaqa muammo yo‘q. G‘amxo‘rligingiz uchun tashakkur bildiramiz”, deyiladi Tombilining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Anadolu agentligining ma'lum qilishicha, haykalni biroz tiklash va o‘z o‘rniga qayta joylashtirilishi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘g‘rilangan haykal muallifi - haykaltarosh Seval Shaxin. U mushuk haykalini bronzadan bepul yasab bergan. Tombili haykali oktabr oyida u yashagan Qadiko‘y okrugida (Istanbul) ochilgan edi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
23:34 / 26.05.2025
Germaniyalik er-xotin yo‘qolgan mushugini qidirishga 22 ming dollar sarfladi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025