Jamiyat | 10:58 / 12.11.2016
13597
1 daqiqa o‘qiladi

Byudjyet mablag‘larini katta miqdorda talon-toroj qilgan bosh hisobchi va uning sherigi qonun oldida javob berdi

Illyustrativ surat

Boyovut tumani davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimi Otajon Masaliyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) mansab mavqeini suiiste'mol qilib, 2013 yil yanvar-dekabr oylarida 23 mln, 654 ming so‘m, 2014 yil yanvar-dekabr oylarida 34 mln, 60 ming so‘m,  2015 yil yanvar-mart oylarida 4 mln, 559 so‘m jami 62 mln, 274 ming so‘m pullarni markazning 7 nafar xodimi plastik kartochkalariga ortiqcha o‘tkazib, ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda. 
Natijada ko‘p miqdordagi byudjyet mablag‘lari talon-toroj qilinadi.
Bundan tashqari, O.Masaliyev bosh hisobchi A.Basimov bilan jinoiy til biriktirib, markaz ishchi xodimlariga jami 22 mln, 419 ming so‘m moddiy yordam va rag‘batlantirish uchun hisoblangan naqd pullarni tarqatmasdan, talon-toroj qilishadi.
Qonunbuzarlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, sud tomonidan tegishli jazo tayinlandi.
 

Mavzuga oid