Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CONCACAF mintaqasida JCh-2018 saralash bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi
Meksika terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichi oltinchi davra birinchi turining so‘nggi o‘yinida AQSh termasiga qarshi maydonga tushdi. Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib dengizi mamlakatlari federatsiyasi mintaqasiga kiruvchi o‘yin Amerikaning Columbus shahrida tashkil etilib, unda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Gollarni meksikaliklar tarkibida Migel Layyun (20) va Rafael Markes (89) kiritgan bo‘lsa, mezbonlarning yagona javob to‘piga Robert Vud (49) mualliflik qildi.
Turning birinchi o‘yini Honduras - Panama o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va hisob (0:1) Panama foydasiga qayd etildi. Trinidad va Tobago - Kosta-Rika bahslarida ham mehmonlar 0:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uchta eng yaxshi jamoa bevosita JChda ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, yana bir jamoa Osiyo vakili bilan JCh ishtirok etish huquqi uchun kurashadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025