Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Trampning sevimli avtomobillari

Amerikaning General Motors kompaniyasi ikki oydan so‘ng, AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp uchun maxsus limuzinni taqdim etadi. U dunyodagi eng chidamli va baquvvat avtomobil hisoblanuvchi zirxli Cadillac mashinasidan foydalanishi kerak bo‘ladi. Dabdabani sevuvchi milliarder umri davomida qimmatbaho avtomobillarni to‘plashni yoqtiradi. Uning avtomobillari majmuasida hashamatli limuzinlardan tortib, kuchli sportkarlar ham bor. E'tiboringizga AQShning 45-prezidentiga tegishli avtomobillardan ayrimlarini havola etamiz.
Donald Tramp Rolls-Royce Phantom rulini boshqarmoqda

Donald Tramp timsoli tushirilgan Diablo VT Roadster

Donald Tramp va DJT (Donald John Trump) davlat raqamli Cadillac Fleetwood, arxiv surati

Prezident nomzodlari uchun zirxli Chevrolet Suburban yo‘ltanlamasi

Donald Tramp Rolls-Royce Silver Cloud yonida

AQShda Lincoln Town Car kabi limuzinlaridan nafaqat milliarderlar foydalanishadi, balki buyurtmali taksi xizmatida ham keng qo‘llaniladi

Donald Tramp qizi Ivanka bilan superkar ostonasida

Donald Tramp armiya jipida harbiy texnika paradida ishtirok etmoqda, 1995 yil

Donald Tramp Indianapolis 500 avtopoygalari avvalida Chevrolet Camaro kabrioleti yonida, 2011 yil

Orange County Choppers firmasi tomonidan maxsus buyurtma asosida Donald Tramp timsoli bilan ishlangan mototsikl

Trampga tegishli aytiladigan Mercedes-Benz SLR McLaren

Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025