Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada bosh murabbiyi: «Janubiy Koreya bilan o‘yinda O‘zbekistonga juda qiyin bo‘ladi»
Janubiy Koreya terma jamoasi kecha o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Kanada terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindan keyin Kanada bosh murabbiyi Maykl Findli koreys OAVga bergan intervyusida Janubiy Koreya terma jamoasi haqida gapirib O‘zbekiston terma jamoasining imkoniyatlari borasida ham to‘xtalib o‘tdi.
“O‘zbekiston bilan o‘yin va bugungisi farqli, albatta. U vaqtda safimizda yaxshi futbolchilarimiz ko‘p edi. Hozir AQSh futbol ligasi hisoblangan MLSda pley-off o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Futbolchilarimizning ko‘pchiligi Amerika chempionatida ishtirok etadi. Bu yerga asosan yosh futbolchilar bilan keldik. Ularga xalqaro tajriba kerak. Albatta, O‘zbekiston bilan o‘yinda umuman boshqacha tarkib edi.
Janubiy Koreya O‘zbekistonni qiyin ahvolga soladi deb o‘ylayman. Bugun maftunkor o‘yin ko‘rsatganligiga qarab ayta olamanki, O‘zbekistonga juda qiyin bo‘ladi. Mahorat borasida Janubiy Koreya O‘zbekistondan ancha ustun”, — degan Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Maykl Findlin.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
20:02 / 24.05.2025