Jamiyat | 18:13 / 12.11.2016
3883
1 daqiqa o‘qiladi

Tencent kompaniyasi o‘z xodimlariga 220 million dollarlik aksiyalarni tarqatadi

Foto: Reuters

Xitoyning Tencent xoldingi umumiy miqdori 220 million dollardan ortiq bo‘lgan kompaniya aksiyalarini o‘z xodimlariga tarqatishi haqida e'lon qildi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi. Sovg‘a 1998 yilning 11 noyabrida asos solingan kompaniyaning 18 yilligi sharafiga taqdim etiladi. 

Kompaniyaning 31 557 nafar xodimi 300tadan aksiyaga ega bo‘ladi, aksiyalar uch yil davomida teng bo‘laklarga bo‘linib, berib boriladi. Bugungi kunda har bir aksiya qiymati 200 hongkong dollari ekanligini inobatga olib, har bir ishchiga mo‘ljallangan sovg‘a taxminan 7 735 dollarga baholanmoqda. 

Bundan tashqari, Tencent asoschisi hamda direktorlar kengashi raisi Poni Ma kompaniyaning joriy va sobiq xodimlariga 30 million yuan (4,4 million dollar) tarqatishi haqida e'lon qildi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid