Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» harakati Afg‘onistonda sodir etilgan portlash uchun javobgarlikni zimmasiga oldi
«Tolibon» radikal harakati jangarilari AQSh va NATOning Afg‘onistondagi yirik qo‘shma harbiy bazasida sodir etilgan portlash uchun javobgarlikni zimmasiga oldi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
NATOning Afg‘onistondagi missiyasi vakili xabar qilganidek, alyans va AQShning Bagram shahridagi harbiy bazasida portlovchi qurilma harakatga keltirilgani oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 14 kishi yaralangan. Harbiy manbaning NBC telekanaliga ma'lum qilishicha, portlashni hudkush terrorchi amalga oshirgan.
Ta'kidlanishicha, «Tolibon» harakati vakilining Twitter sahifasida yozishicha, harakat ushbu jinoyat uchun javobgarlikni zimmasiga olgan.
Avvalroq, ushbu portlashda 3 kishi qurbon bo‘lib, 13 kishi jarohatlangani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025