Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ANONS. JCh-2018. Niderlandiya, Belgiya va Portugaliya bugun o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi
Yevropaning yana sakkizta stadionlarida Jahon chempionati uchun saralash bahslari davom ettiriladi.
A guruhida hozircha muvaffaqiyatsiz qatnashayotgan Niderlandiya terma jamoasi Lyuksemburgga safar qiladi. 3ta uchrashuvda 4 ochko to‘plab turgan lolalar yurti vakillari g‘alaba qozongan taqdirda Shvetsiyaga yetib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
V guruhida yetakchi Shveytsariya terma jamoasi o‘z uyida Farer orollari terma jamoasini qabul qiladi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan Portugaliya esa Latviya bilan o‘z uyida kuch sinashadi.
3ta uchrashuvda birorta ochko yo‘qotmagan, hattoki o‘z darvozasidan gol ham o‘tkazib yubormagan (to‘plar nisbati 13:0) Belgiya terma jamoasi Bryusselda Estoniyani qabul qiladi. Qolgan uchrashuvlar bilan quyida tanishib olishingiz mumkin.
JCh-2018. Saralash
Yevropa
Shveytsariya – Farer or. Boshlanish vaqti 22:00
Lyuksemburg – Niderlandiya. 22:00
Bolgariya – Belarus.22:00
Kipr – Gibraltar. 22:00
Vengriya – Andorra. 22:00
Portugaliya – Latviya. 00:45
Gretsiya – Bosniya va Gertsegovina. 00:45
Belgiya – Estoniya. 00:45
Manba: Tribuna.Uz
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi
14:23 / 17.05.2025