Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar sinovdan o‘tkazilmoqda
Dubay yo‘l va transport boshqarmasi haydovchisiz boshqariladigan mashinalarni sinovdan o‘tkazishni boshladi, ularning har biri 10 kishigacha yo‘lovchi olib yura oladi. Bu haqda Arabian Business xabar bermoqda.
Ayni damda ushbu turdagi transportlar Business Bay tumanida 650 kilometr masofada harakatlanishmoqda.
Boshqarma vakili Ahmed Bahroziyanning so‘zlariga ko‘ra, bu mashinalarda sinov o‘tkazishdan maqsad, ularning Dubay iqlimi sharoitida harakatlanishini tekshirishdir.
Dubay hukumati strategiyasiga muvofiq 2030 yilga kelib shaharda harakatlanuvchi 25 foiz transport vositasi haydovchisiz boshqariladigan mashinalar bo‘ladi.



Mavzuga oid
00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
11:03 / 26.03.2025
Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi
11:18 / 25.02.2025