Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning g‘alabasiga ishonmagan siyosatshunos o‘z va'dasida turib, jonli efirda chigirtka yedi
Jamoatchilik fikri so‘rovnomalarini o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis, amerikalik siyosatshunos Sem Vang CNN telekanali efirida qora chigirtka (chuvurtka) yedi.
Gap shundaki, u AQShdagi prezidentlik saylovlaridan oldin agar Donald Tramp 240 dan ko‘proq saylovchilar ovozini yig‘a olsa, chigirtka yeyishga o‘ylamay turib va'da bergandi.
Biroq Tramp saylovlardagi g‘alaba uchun kerak bo‘lgan 270 ovoz tugul, 290 ta ovoz yig‘di va siyosatshunos o‘z va'dasini bajarishiga to‘g‘ri keldi. Biroq Vang tirik hasharotni yeyishga botina olmadi.
U jonli efirda konservalangan chigirtkalar bankasini olib, bunday yegulik "oqsilning ajoyib manbasi" ekanligini aytgancha chigirtkalardan bittasini yutib yubordi. So‘ngra ketidan asal bilan "gazak" qildi.
"Sen buni qilding! Sen bir so‘zli odam ekansan", deb unga tahsin aytdi boshlovchi.
Darvoqe, Trampning saylovlardagi g‘alabasini bashorat qilgan, "AQShdagi eng aniq tahlilchi", AQSh universiteti professori Alan Lichman endi uning impichment qilinishini bashorat qilmoqda.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020