O‘zbekiston | 18:27 / 14.11.2016
26198
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy TIV rahbari Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

13 noyabr kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Xitoy xalq respublikasi Tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov hamrohligida Samarqand shahriga bordi.

O‘z tashrifi davomida Van I O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning Samarqanddagi qabrini ziyorat qilgan.


 
"Xitoy tashqi ishlar vaziri Samarqand shahrida O‘zbekistonning birinchi prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi", deya qayd etilgan TIV xabarida.

Mavzuga oid