Klintonlar ajralayotgani haqidagi asossiz xabar ko‘plab OAVni noshud holatga tushirib qo‘ydi
Hillari va Bill Klintonlar AQSh prezidentligi saylovlaridan keyingi kunda ajralishga ariza bergani haqidagi xabarlar asossiz mish-mish bo‘lib chiqdi. Yangilik, hazilkashlar tomonidan go‘yoki mashhur gazeta saytida chop etilgandek ishlangan va tarqatilgan.
Buni Amerika va Britaniya OAV aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Dastlab, shov-shuvli xabar The Christian Times gazetasining internet-portaliga o‘xshash saytda paydo bo‘lgan. Biroq, aslida, u nashr saytining dizaynini o‘g‘irlagan va elektron manziliga “newspaper” so‘zini qo‘shgan.
Hazilkashlarga ko‘ra, Hillari Klinton advokati Nyu-York shtati sudiga topshirgan arizaga muvofiq, o‘ttiz yilga yaqin birga yashagan juftlik hal qilib bo‘lmas ziddiyatga duch kelgan.
Qalbaki xabar mualliflari Hillari arizasi ustida ham yaxshigina ter to‘kishgan. Ayrim OAV uchun shuning o‘zi gazetaga ishonishga kifoya qilgan va AQSh sobiq prezidenti va sobiq davlat kotibi juftligi ajralayotgani haqidagi shov-shuvni tarqatishgan.
G‘arb tabloidlari ushbu manbaning xabarlariga ishonmaslik kerakligini ta'kidlar ekan, avvallari bu nashr soxta xabarlar tarqatishga umuman aloqador bo‘lmaganini qayd etishgan. Klintonlarning o‘zlari bu haqdagi xabarni izohlashdan bosh tortishmoqda. Biroq, ayrim manbalar, mashhur juftlik faqatgina kasb munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lib, nikoh rishtalarini norasman allaqachon uzishganini uqdirishgan.
Avvalroq, The New York Post gazetasi, Hillari Klinton uzoq vaqt Billni kamsitib kelgani haqida yozgan edi.
Aslida, 40 yildan ortiqroq vaqtdan beri birga yashab kelayotgan Klintonlar oilasining Chelsi ismli qizi va Sharlotta hamda Eyden ismli nevarasi bor.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024