Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxati qisqartiriladi
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining yangilangan ro‘yxati loyihasini tayyorladi. Hujjat muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e'lon qilingan.
«Gazeta.uz» xabariga ko‘ra, ro‘yxatni 514 bandgacha qisqartirish (joriy yil qabul qilingan amaldagi ro‘yxatda — 1169 dori vositasi) taklif qilinmoqda. Jumladan, ro‘yxatga 192 monopreparat (hozirda — 186) va 322 kompleksk dori vositasi (983) kiritilgan.
Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining yangilangan ro‘yxati tuzilishi O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan 31 oktabr kuni qabul qilingan «Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan edi.
Mavzuga oid
09:10 / 06.04.2024
2023 yilda retsept orqali bepul berilgan dorilar qiymati aytildi
10:18 / 02.05.2023
O‘zbekistonda “Elektron retsept” tizimi joriy etiladi
22:19 / 02.03.2023
«Elektron retsept» tizimi orqali aholiga dorilarini bepul berish yo‘lga qo‘yiladi
09:57 / 03.01.2022