Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovaning yangi saylangan prezidenti lavozimga kirishgunga qadar davlat muhofazasidan voz kechdi
Moldovaning yangi saylangan prezidenti Igor Dodon o‘z lavozimiga kirishgunga qadar davlat muhofazasidan voz kechdi.
"Qasamyod qilingan kundan boshlabgina Moldova Respublikasi prezidentining mandat ijrosi boshlanadi. Qonunchilik qoidalariga rioya qilish va "meni" himoya qilish maqsadida yuborilgan Davlat muhofazasi xizmati ofitserlarini qaytarib olishni so‘rayman", - deb yozgan siyosatchi Davlat muhofazasi xizmati rahbariga yo‘llagan maktubida. Yangi prezident ushbu xatni Facebook'dagi sahifasida havola qilgan.
Shuningdek u Markaziy saylov komissiyasi hozircha saylov natijalarini rasman ovoza qilmagani, ularni Konstitutsion sud tasdiqlamagani va qasamyod qabul qilinmaganini yodga soldi.