Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vazirligi Ulyukayevning ushlanishiga izoh berdi

Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vazirligi Aleksey Ulyukayevning 2 mln dollar miqdorida pora olish chog‘ida ushlanishi «kutilmagan va g‘aroyib» yangilik bo‘lgan.
Bu haqda, vazirlik matbuot kotibi Yelena Lashkina ma'lum qilgan, deb yozmoqda «Gazeta.Ru» sayti.
«Bu barchamiz uchun g‘alati va g‘aroyib yangilik, shu bilan birga jiddiy ayblov bo‘ldi. Albatta, uni jiddiy tekshirish lozim», — deb qayd etgan Lashkina.
Avvalroq, Ulyukayevga ta'magirlik bilan katta miqdorda pora olish bo‘yicha ayblov e'lon qilingani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025