Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning X5 Retail Group kompaniyasi O‘zbekistondan meva va sabzavotlar xarid qiladi
«O‘zagroeksport» kompaniyasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida Rossiyaning X5 Retail Group (oziq-oziq chakana savdosi) va «Agro-Layn» (go‘sht, saryog‘ va baliq yetkazib beruvchisi) kompaniyalari bilan 117 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Bu haqda tashqi tijorat kompaniyasi matbuot xizmati xabar qilgan.

X5 Retail Group bilan muzokaralar bir necha oy davom etdi. Iyul oyda Rossiyaning yirik riteyleri vakillari O‘zbekiston hududlariga tashrif buyurib, taklif etilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari sifati va yetkazib beruvchilarning salohiyati bilan tanishgan edi.
X5 Retail Group «Pyaterochka» supermarketlari, «Karusel» gipermarketlari va «Perekrestok Ekspress» do‘konlari brendiga egalik qiladi.
«O‘zagroeksport» ma'lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon O‘zbekistondan Rossiyaga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi ikki barobarga oshdi.
Mavzuga oid
10:53 / 21.05.2025
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda
11:57 / 19.05.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga qoramol eksporti hajmi oshdi
12:26 / 02.05.2025
O‘zbekiston mahsulotlari eksport qilinadigan mamlakatlar soni 85 taga yetdi
10:24 / 22.04.2025