AQSh kongressi Suriyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishi haqidagi qonun loyihasini qabul qildi
AQSh kongressi vakillar palatasi Suriya hukumati va uning ittifoqdoshlari, jumladan Rossiya va Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, yangi choralar bu davlatlarga qarshi "harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar" tufayli kiritilgan. Biroq qonun loyihasi va unda ko‘rilgan choralar qachon kuchga kirishi ma'lum qilinmagan.
Shuningdek, vakillar palatasi Eronga qarshi sanksiyalarni yana 10 yillik muddatga uzaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi uchun ovoz berdilar. Bunday choralar Eronga qarshi AQSh tomonidan 1996 yilda kiritilgan.
Qonun loyihalari kuchga kirishi uchun Senat va AQSh prezidenti tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Mavzuga oid
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
18:17 / 08.11.2024
AQSh ortidan Britaniya ham O‘zbekistonning Uzstanex kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
22:23 / 30.10.2024
AQSh Rossiya «do‘stlariga» qarshi sanksiyalar kiritdi
15:50 / 17.10.2024