Apple o‘z mahsulotlari haqida fotokitob chiqardi
Apple narxi o‘rta darajadagi smartfon qiymati bilan teng bo‘lgan o‘z mahsulotlari haqida fotokitob chiqardi. U Designed by Apple in California (Apple tomonidan Kaliforniyada tashkil etilgan) degan nom oldi.
Kitob kompaniya asoschilaridan biri va sobiq amaliy direktori Stiv Jobsga bag‘ishlangan. U o‘zida kompaniyaning turli gadjyetlari aks etgan 450 fotosuratni jamlagan. Suratlarn Endryu Zakerman tasvirga tushirgan.
Designed by Apple in California kitobi ikki xil hajmda chiqarilgan. Kichik hajmi 259 ga 324 millimetr, kattasi esa – 330 ga 413 millimetrni tashkil etadi. Ushbu kitobning narxi mos ravishda 199 va 299 dollar etib belgilangan. Yangilik bugun, 16 noyabrda sotuvga chiqariladi.
Mavzuga oid
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
21:44 / 17.09.2024
Apple korporatsiyasi iOS 18 operatsion tizimini chiqardi
21:01 / 16.09.2024
iPhone 16 dastlabki savdolari Apple kutganidan past bo‘ldi
21:52 / 13.09.2024