Jamiyat | 08:48 / 16.11.2016
8541
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi xonadonlardan birida bosqinchilik qilgan o‘g‘rilar qo‘lga olindi

Uyiga niqobli shaxslar kirib, pullarini olib ketgan Muyassar ismli ayol Toshkent shahar Olmazor tumani IIB rahbariyatiga murojaat etdi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda

Tashkilot tergov-tezkor guruhi bilan birga yetib kelib, surishtiruv ishlarini olib bordi. Jabrlanuvchilarning har bir ko‘rsatmasi, gap so‘zi tahlil etildi.
Tuman IIB xodimlari tezkor harakat qilib, surishtiruv-qidiruv ishlarini olib bordilar. Toshkent shahar IIBB JQ va TQKB tezkor vakillari ham yordamga keldi.
Olib borilgan sa'y-harakatlar natijasida bosqinchilarning biri shahardagi temir yo‘l bekatida, ikkinchisi uyida berkinib yotganida qo‘lga olindi. Uchinchisi shahardan chiqib ketmoqchi bo‘lganida ushlandi. Tergov jarayonida aniqlashtirilishicha, o‘g‘rilar xonadon egasining dala hovlisini sotganidan xabardor bo‘lishgan.
Jinoyatchilarga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi, pullar egalariga qaytarildi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid