O‘zbekiston va Tojikiston suv-energetika masalalarini muhokama qildi
2016 yilning 16 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Tojikiston Respublikasi Energetika va suv resurslari vazirining birinchi o‘rinbosari Sulton Rahimzodani qabul qildi. Bu haqda TIV sayti xabar bergan.
Muloqot davomida Markaziy Osiyo mintaqasida suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish masalalari nuqtai nazaridan O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlari yuzasidan fikr almashildi.
Bundan oldinroq, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va Tojikiston TIV rahbari o‘rinbosari Mahmadsharif Haqdod chegaralarni delimitatsiya qilish masalasini muhokama etgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi boshida Tojikiston Vaxsh daryosi o‘zanini burish uchun to‘g‘on qurishni boshladi. Rog‘un GESi qurilishi boshlanishi munosabati bilan daryo o‘zanini burishga to‘g‘ri keldi.
Dushanbe tomonining fikricha, mazkur GES qurilishi mamlakatdagi elektr muammosini hal qiladi. Biroq Rog‘un GESining qurilishi gidrolog va seysmolog mutaxassislarning xavotiriga sabab bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
18:54 / 28.09.2024
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolariga pasport olishda noqonuniy yordam bergan jinoiy guruh ushlandi
22:34 / 11.09.2024
Tojikiston muftiysi hujumga uchradi
21:41 / 10.09.2024
Tojikiston o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilmaslikni tavsiya etdi
20:00 / 02.09.2024