Sport | 09:06 / 16.11.2016
8817
4 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 saralashi. Argentina Kolumbiyani, Chili Urugvayni mag‘lub etdi va boshqa natijalar

Janubiy Amerikada 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining 12-turidan o‘rin olgan Argentina-Kolumbiya uchrashuvi mezbon jamoaning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Argentinaliklar Lionel Messining faol harakatlari evaziga 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Messining o‘zi barcha 3 golning kiritilishida ishtirok etdi. 

Argentina shu g‘alaba evaziga musobaqa jadvalida Kolumbiyani ortda qoldirib, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 12-turdan keyin Argentinada 19 ochko, Kolumbiyada esa 18 ochko bor.

Bu turda Chili va Urugvay terma jamoalari uchrashdi. Uchrashuv Chilining Urugvay ustidan 3:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.

Urugvay mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, 23 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda, Chili esa 4-o‘rinni egallamoqda. Peshqadam Braziliya hisobida esa 24 ochko bor.

Boliviya Paragvay terma jamoasini qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 60-daqiqasida mezbonlar 1 kishi kam bo‘lib qoldi.78-daqiqada paragvaylik futbolchi Gustavo Gomes o‘z darvozasiga gol kiritib, mezbonlarga g‘alaba keltirdi.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng Boliviya 12ta o‘yinda 7 ochko to‘plab, 9-o‘rinda bormoqda. Paragvay esa 15 ochko bilan 7-o‘rinni band qilgan.

Yana bir o‘yinda Ekvador o‘z uyida Venesuelani qabul qilib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Musobaqa jadvalida Ekvador 20-ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Venesuela 5-ochko to‘plab, 10-o‘rinni band qilgan.

Tur doirasidagi beshinchi uchrashuv Peru va Braziliya o‘rtasida kechdi. Unda braziliyaliklar 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Endilikda Braziliya 27 ochko bilan birinchi o‘rinda mustahkamlangan (ikkinchi o‘rindagi Urugvay 4 ochko ortda qoldirilmoqda). Peru 14 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda. 

JCh-2018 saralashi
Janubiy Amerika
12-tur

Argentina – Kolumbiya 3:0
Gollar: 1:0 – 10 Messi, 2:0 – 23 Pratto, 3:0 – 84 Di Mariya. 
Argentina – Romero, Otamendi, Mas, Merkado, Funes Mori, Bigliya, Maskerano, Banega (Peres, 63), Di Mariya (Akunya, 85), Pratto (Iguain, 79), Messi.
Kolumbiya – Ospina, Sanches, Alvares, Aryas, Murilo, Torres (Kopete, 67), Sanches, Xames, Barrios (Torres, 46), Kuadrado, Falkao (Bakka, 76).

Boliviya – Paragvay 1:0
Gol: 1:0 – 78, avtogol Gomes. 
Boliviya – Vaka, Bexarano, Raldes, Valverde, Flores, Saavedra (Balivian, 70), Chumasero (Veysaga, 36), Kastro, Kampos (Duk, 66), Moreno, Arse.
Paragvay – Silva, Alonso, Gomes, Patino, da Silva, Riveros, Ortigosa (Romero, 81), Peres (Dominges, 75), Ortis, Iturbe, Valdes (Romero, 70).
Chetlatish: Valverde (60).

Ekvador – Venesuela 3:0
Gollar: 1:0 – 51 Mina, 2:0 – 83 Bolanos, 3:0 – 86 Valensiya. 
Ekvador – Dreyer, Mina, Ayovi, Paredes, Kaysedo, Ibarra, Orexuela, Noboa, Valensiya, Bolanos, Kaysedo (Kaysedo, 82).
Venesuela – Ernandes, Vilyanueva, Viskarrondo, Kixada, Gonsales, Sambrano, Rinkon, Murilo (Soteldo, 75), Martines, Kouffati (Gonsales, 35), Penyaranda (Santos, 69).

Chili – Urugvay 3:1
Gollar: 0:1 – 17 Kavani, 1:1 – 45 Vargas, 2:1 – 60 Sanches, 3:1 – 76 Sanches. 
Chili – Bravo, Isla, Bosejur, Xara, Fuensalida (Roko, 74), Vidal (Valensiya, 58), Vargas, Ernandes, Sanches (Kastilo, 84), Medel, Dias.
Urugvay – Muslera, Koates, Silva, Pereyra, Godin, Sanches (Ramires, 65), Arevalo, Vesino, Gonsales (Lodeyro, 77), Kavani, Suares.

Peru - Braziliya 0:2 
Gollar: 0:1 – 58 Gabriel Jyezus, 0:2 – 78 Renato Augusto.
Peru – Galese, Ramos, Yotun, Korso (Advinkula, 78), Rodriges, Akino, Loyola, Kueva, Karrilo (Ruidias, 62), Gerrero, Polo (Sanches, 75).
Braziliya – Alisson, Markinos, Filipe Luis, Dani Alves, Miranda, Renato Augusto, Fernandino, Paulino, Koutino, Neymar, Gabriel Jyezus (Villian, 82).
Ogohlantirishlar: Renato Augusto (3), Loyola (17), Kueva (46).

Mavzuga oid