Sport | 08:30 / 16.11.2016
4281
2 daqiqa o‘qiladi

Jyerrard «Los-Anjyeles Gelaksi»dan ketishini ma'lum qildi

Foto: © Getty Images

MLS vakili «Los-Anjyeles Gelaksi» klubi yarimhimoyachisi Stiven Jyerrard klubdan ketishi haqida e'lon qildi. Futbolchining shartnomasi 2016 yil dekabrda nihoyasiga yetadi va boshqa muddatga uzaytirilmaydi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti. 

«Liverpul»ni tark etganimda Los-Anjyelesga kelib «Gelaksi»ga MLS Kubogida zafar quchish uchun yordam bermoqchi edim. Men bu vazifani bajara olmaganimizdan xafaman, ammo men klubda o‘tkazgan vaqtim bilan faxrlanaman. Biz ikki marta pley-off bosqichiga chiqdik. Maydonda bir qancha unutilmas voqealarni boshimizdan o‘tkazdik. 

O‘z ishim davomida Liverpulda katta tajriba to‘plagan bo‘lsamda, Los-Anjyeles kelib «Gelaksi»da yanada ko‘proq tajriba to‘pladim. Bunday imkoniyatni yaratib bergan klub rahbarlariga, murabbiylarga, klubdagi do‘stlarimga, muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ular meni bu yerga kelgan kunimdan boshlab qo‘llab-quvvatlab turishdi. Bu liga rivojlanayotganidan xursandman. Endilikda men oilam davrasiga qaytish va faoliyatimning yangi bosqichi boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqdaman», — degan Jyerrard.

Jyerrard «Gelaksi» bilan 2015 yilning 7 yanvarida shartnoma tuzgan, biroq 2015 yoziga qadar «Liverpul»da ijara asosida to‘p surgandi. Shundan so‘ng u MLS klubi safiga borib qo‘shilgandi.

Mavzuga oid