Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chernogoriyada Tramp va Putin yelkama-yelka turgan bilbord paydo bo‘ldi
Chernogoriyaning Danilovgrad shahrida yangi siyosiy voqelikni aks ettiruvchi shior bitilgan bilbord paydo bo‘ldi. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp yelkama-yelka turishibdi, ular atrofida esa ikki davlat bayrog‘i tasvirlangan. Bilbordda ingliz va rus tilida "Keling birgalikda dunyoni yana buyuk qilaylik!" degan shior bitilgan. Bilbordga kim buyurtma bergani noma'lumligicha qolmoqda.
Chernogoriya iqtisodiy jihatdan Rossiya bilan mustahkam bog‘langan, biroq NATO bilan integratsiyaga yo‘nalish olgan davlat hisoblanadi. Shu sababli Chernogoriyaning Vashington va Moskva o‘rtasida o‘zaro hamfikrlik o‘rnatilishiga umidlarini tushunsa bo‘ladi.