Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvador Shvetsiyadan Assanjga nisbatan kafolat talab qilmoqchi
Ekvador hukumati Wikileaks asoschisi Julian Assanj sud oldida javob beradigan bo‘lsa, AQShga ekstraditsiya qilinmasligi borasida Shvetsiya kafolatini olishni xohlaydi. Bu haqda TT agentligi xabar qilmoqda.
"Agar biz, Julian Assanj uchinchi mamlakatga topshirilmasligi borasida kafolat olsak, u Shvetsiya sudi oldida javob berishi mumkin, albatta, unga rasman ayblov e'lon qilinsa. Hozircha, u ayblangani yo‘q", - degan Ekvador tashqi ishlar vaziri Giyom Long.
WikiLeaks asoschisi 2012 yil 19 iyunda Ekvadorning Londondagi diplomatik missiyasida siyosiy boshpana so‘ragan edi. U Shvetsiyaga ekstraditsiya qilinmasligi uchun shunday yo‘l tutgandi.
Assanj Shvetsiyada jinsiy tajovuz mazmunidagi jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.
Mavzuga oid
21:16 / 26.05.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
16:30 / 21.03.2025
Akmal Shukurov Qozog‘istondan Toshkentga ekstraditsiya qilindi
18:23 / 17.02.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Misrdan ekstraditsiya qilindi
23:29 / 16.01.2025