Sport | 21:58 / 17.11.2016
7570
2 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiya futboli afsonasi: Xames Ronaldu bilan do‘st bo‘lmasligi kerak

Kolumbiyalik sobiq hujumchi, terma jamoaning afsonaviy yulduzi Faustino Asprilya «Real»da o‘ynayotgan Xames Rodriges haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ispaniya nashrlarida bundan oldinroq yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan bu kolumbiyalik futbolchining «Qirollik klubi»dagi istiqboli muhokama etilgandi.

Asprilyaning hisoblashicha, uning vatandoshi «qaymoqranglilar»ning yetakchisi Krishtianu Ronaldu bilan yaqin munosabatda bo‘lmasligi kerak.

«Rodriges - mening do‘stim. Xames menga yoqadi va uni hurmat qilaman. Ammo Krishtianu Ronaldu bilan do‘stligi uni zarariga ishlamoqda. Xames terma jamoada o‘zini Ronaldu kabi tutmoqda.

U Ronaldudan o‘rnak olmasligi kerak. Kolumbiya terma jamoasida kimdir unga to‘pni oshirmasa, xuddi Ronalduga taqlid qilib, butun olamga g‘azabini sochmoqda. Bu juda xunuk ko‘rinadi. 

Hakamlar yoki raqiblar bilan bahslashishni tushunsa bo‘ladi, ammo o‘z jamoadoshlaring bilan bunday qilish yaramaydi. To‘pni oshirmagani uchun bahslashish orqali janjal kelib chiqishi ham mumkin. Bu yaxshimas. Xames buni Ronaldudan o‘rganib olgan», deya Asprilyaning so‘zlarini keltirgan ESPN.

Primeraning 11 turidan keyin Rodriges 5 uchrashuvda maydonga tushgan va shundan 2tasida o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan. U bu uchrashuvlarda bitta gol urib, 2 marta golli pas muallifi bo‘lgan.

Mavzuga oid