Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sargsyan Rossiya «Iskander»larining Armanistonda joylashtirilishiga izoh berdi
Armaniston prezidenti Serj Sargsyanning izoh berishicha, Rossiyaning «Iskander» raketa majmualarini respublika hududida joylashtirish majburiy choradir. U mintaqadagi barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
«O‘ylashimcha, bu mintaqamizdagi harbiy muvozanatni tiklash uchun majburiy chora. Sir emaski, Ozarboyjon so‘nggi bir necha yilda doimiy ravishda yangi qurol-aslaha sotib oldi. Biz Ozarboyjon kabi moliyaviy imkoniyatlarga ega emasmiz. Biroq, vaziyatni bir maromda ushlashga harakat qilamiz», — degan Sargsyan.
Shu bilan birga, u qurol-yarog‘lar poygasini «nomaqbul vaziyat» sifatida baholagan.
Ushbu majmualar ilk bora 21 sentabrda Yerevanda Armaniston mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan harbiy parad chog‘ida namoyish etilgan edi.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025