Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya qurolli kuchlari safiga 30 000dan ziyod yangi harbiy xodim qo‘shiladi
Turkiya qurolli kuchlari 15 iyuldagi davlat to‘ntaruv harakatidan so‘ng qisqargan harbiylari safini kengaytirish maqsadida 30 159 nafar yangi xodimni ishga oladi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi.
Mudofaa vazirligi chorshanba kuni yangi personalni ishga olish jarayonini tezlashtirish haqida ma'lum qildi. Mazkur sohadagi zarur shartlarni bajargan universitet va kollej talabalari Turkiya harbiy akademiyasi va Turk harbiy-dengiz akademiyasiga qabul qilinadi.
Rejaga muvofiq, 322 nafar ofitser, 3 547 nafar unter-ofitser, 7 159 nafar ixtisoslashgan serjant va 11907 nafar professional askar ishga olinadi, shuningdek turk harbiy akademiyasi safiga 3 491 nafar hamda oliy harbiy ta'lim muassasalariga 1 811 nafar yangi talaba kelib qo‘shilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025