AQShning navbatdagi nishoni Eronmi?
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ma'muriyatida davlat kotibligiga nomzod, AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili Jon Bolton Yaqin sharq mintaqasida uzoq muddatli xavfsizlikni ta'minlash omilini bildirdi. Uning fikricha, Qo‘shma Shtatlar Eron tuzumini o‘zgartirish g‘oyasini qo‘llab-quvvvatlashi, ayni maqsadga xizmat qiladi, deb yozmoqda Politico nashri.
«Oyatollalar Yaqin sharqdagi tinchlik va xalqaro xavfsizlikka asosiy tahdidlardir. Albatta, ularning hokimiyatdan chetlashtirilishi mintaqaga yorug‘lik va totli hayot taqdim etmaydi, ammo asosiy xavfga barham beradi», — degan Bolton.
Boltonning qayd etishicha, AQSh Tehron hukumatiga qarshi turish uchun Eron muxolifati orasida ittifoqchilarini topishi lozim. Uning qo‘shimcha qilishicha, garchi bu tuzum «unchalik ham mashhur bo‘lmasa-da, hukumat qurol-aslahalarga ega, shunga qaramay, Amerika harbiy kuchlarini qo‘llamasdan muxolifatga yordam berish usullari bor».
Mavzuga oid
07:50
AQSh va Isroil Eron hujumiga javobni muhokama qilmoqda
23:47 / 01.10.2024
Bayden amerikalik harbiylarga Isroilga yordam berishni buyurdi
22:53 / 01.10.2024
Isroil armiyasi Eronning raketa zarbasi nihoyasiga yetganini e’lon qildi
22:22 / 01.10.2024