Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TsSKA futbolchisi giyohvand modda iste'mol qilgani uchun uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilindi
Rossiyaning TsSKA jamoasi yarim himoyachisi Roman Yeryomenko doping-test natijalari ijobiy chiqishi natijasida ikki yilga futboldan chetlashtirildi. Bu haqda UYeFA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
A natijalarga ko‘ra, Yeryomenkoning qonidan giyohvand modda sanalgan va Butunjahon dopingga qarshi kurash agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan kokain moddasi topilgan.
29 yoshli finlyandiyalik futbolchi chempionlar Ligasining «Bayyer»ga qarshi uchrashuvda (2:2) doping tekshiruvidan muvaffaqiyatsiz o‘tgandi.
Endilikda Yeryomenko 2018 yil 6 oktabrga qadar hech qanday futbol turnirida ishtirok eta olmaydi.
Futbolchi uch kun ichida UYeFAning qarori bo‘icha e'tiroz bildirib shikoyat qilishi mumkin.
Mavzuga oid
14:49 / 23.11.2023
O‘zbekiston o‘smirlari Angliyani JChdan chiqarib yubordi. Navbatda Fransiya
14:47 / 03.11.2023
Rasman: O‘zbekiston U20 jamoasi a’zosi OFK tomonidan 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
16:39 / 18.01.2021
Messi «Barselona»da ilk bor «qizil» oldi. Bunga qanday reaksiya bo‘ldi va u qancha vaqtga diskvalifikatsiya qilinadi?
14:55 / 30.11.2020