Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy va Venesuela neft qazib olish sohasiga yirik miqdorda sarmoya kiritadi
Venesuela hukumati va Xitoyning CNPC neftgaz davlat korporatsiyasi birgalikda neft qazib olishni kuniga 280 ming barrelga ko‘paytirish maqsadida 2,2 mlrd AQSh dollari sarmoya kiritishga kelishib oldi.
El Universal nashrining xabar qilishicha, shartnomani imzolash vaqtida Venesuela rahbari Nikolas Maduro ma'lum qilganidek, shu bilan ikki mamlakat hamkorligida qazib olinadigan neft xom-ashyosi miqdori kuniga 800 ming barrelni tashkil etadi.
Avvalroq, Maduro OPeK bosh kotibi bilan o‘tkazgan uchrashuvida, tashkilot mamlakatlari neft qazib olishni kamaytirishga kelishib olgani haqida ma'lum qilgan edi.
Umuman, OPeKning 30 noyabrda bo‘lajak sammitida tashkilotga a'zo har bir davlatning neft qazib olish bo‘yicha hissasi aniqlab olinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025