O‘zbekiston | 18:55 / 18.11.2016
8199
13 daqiqa o‘qiladi

Saylovchilar Xatamjon Ketmonovning saylovoldi dasturi haqida o‘z fikr-mulohazalarini ochiq bayon etishdi

Shu kunlarda mamlakatimizda muhim ijtimoiy-siyosiy voqea — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylovoldi tashviqoti qizg‘in davom etmoqda. Barcha hududlarda O‘zbekiston XDPdan Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov va uning ishonchli vakillari tomonidan  saylovchilar bilan uchrashuvlar yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

Jumladan, bugungi kunga qadar Xatamjon Ketmonov 11 marta uchrashuv o‘tkazdi. Ularda 30 mingga yaqin saylovchi ishtirok etdi. Nomzodning ishonchli vakillari tomonidan esa 30dan ortiq uchrashuv tashkil qilinib, ularda 5 mingga yaqin saylovchi qamrab olindi. O‘tkazilayotgan uchrashuvlar Markaziy Kengash Saylov Shtabi tomonidan muntazam tahlil qilib borilmoqda. Xususan, har bir mintaqada bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi ma'ruzalarning saylovchilar tomonidan eng ko‘p muhokama qilinayotgan qismlari umumlashtirilmoqda.

Saylovchilar saylovoldi uchrashuvlarida dasturda belgilangan  barcha yo‘nalishlarga alohida e'tibor qaratmoqdalar. Jumladan, Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etgan Jizzax shahar 2-oilaviy poliklinikasi mudiri Qarshigul Haydarova o‘z ma'ruzasida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

-Mana hozir barchamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Abdurahmonovich Ketmonovning saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishib o‘tdik. Unda, qator dolzarb vazifalar bilan birgalikda, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalari ham alohida o‘rin berilganligini guvohi bo‘ldik.
Men, shifokor sifatida, avvalo, nomzodning dasturida ilgari surilayotgan aholiga yuqori sifatli va maqbul tibbiy yordamdan keng foydalanish imkoniyatini ta'minlash masalalariga e'tibor qaratishlaringizni xohlardim.   Nomzod tomonidan,  aholining, ayniqsa, olis qishloq hududlarida birlamchi tibbiy yordamdan qulay va tez foydalanish imkoniyatini ta'minlovchi qishloq vrachlik punktlari tarmog‘ini kengaytirish, imtiyozli va bepul asosda malakali tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishini tartibga soluvchi tegishli qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat samaradorligini oshirish yuzasidan ilgari surilayotgan taklifini juda o‘rinli deb bilaman. 

Sababi, birinchi tibbiy yordamdan barcha qulay va tezkor foydalanishi, kam daromadli odamlar uchun ham uning maqbulligini ta'minlashning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun qishloq vrachlik punktlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash, odamlarning tibbiy-huquqiy bilimini mustahkamlash bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biridir.

Xatamjon Abdurahmonovich Ketmonovning saylovoldi dasturida ilgari surilgan maqsad va vazifalar hozirgi kunda juda dolzarb hisoblanib, ularni xayotga tatbiq qilish orqali biz tibbiyot sohasini yangi bosqichga olib chiqishga hamda Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz deb o‘ylayman.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvlari ham yuqori saviyada tashkil qilindi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuv ishtirokchilaridan biri Berdax nomidagi Qoraqalpok Davlat universiteti magistr talabasi, Prezident stipendiyasi sohibi Seytnazarova Guljaxan Suxanatdinovna  ma'ruzasidan:
Nomzodning saylovoldi dasturi bilan tanishar ekanmiz, aholiga yuqori sifatli ta'lim olish va maqbul tibbiy xizmatdan foydalanish imko¬niyat¬larini kengaytirish masalasi qo‘yilganligi biz yoshlarga qaratilgan e'tibor deb bilamiz.

Shundan kelib chiqgan holda ta'lim sohasida jamiyatning barcha qatlamlariga erkin va teng ta'lim olish imkoniyatlarini yaratish maqsadida mintaqalardagi demografik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, maktabgacha, o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta'lim muassasalarini oldindan barpo etish amaliyotini yanada rivojlantirish, bepul va imtiyozli to‘lovlar asosida faoliyat ko‘rsatadigan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, kollejlar va akademik litseylarni o‘quv adabiyotlari bilan to‘liq ta'minlash choralarini ko‘rish, korxona va tashkilotlarning ehtiyojidan kelib chiqib, texnik va texnologik mutaxassisliklar bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga maqsadli qabul qilish masalasini rag‘batlantirish, nogiron bolalarni zarur maxsus adabiyot va qo‘llanmalar bilan ta'minlashni o‘z ichiga oladigan inklyuziv ta'lim tizimini yanada rivojlantirish va soha o‘qituvchilariga imtiyozlar berish, jismoniy imkoniyatlari cheklangan (nogiron) talabalarning oliy o‘quv yurtlarida ta'lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, pedagogik ma'lumotga ega, lekin bola tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgani bois vaqtincha ishlamaydigan ayollarning oilaviy maktabgacha ta'lim tarbiyachisi sifatidagi uy mehnatini tashkil etishning qonuniy asoslarini yaratish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.

Nomzod dasturida kursatilgan bu yo‘nalishdagi takliflari bugungi kunda ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli, saylovoldi dasturini qullab-quvvatlayman va ovoz berishga chaqiraman.  

Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida Payariq tumanidagi M. Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘ini raisi - Xidirov Bozorboy Sayilboyevich:
Hammaga ma'lumki, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi mamlakatimizning o‘sib borayotgan iqtisodiy salohiyatini aholining barcha qatlamlari, shu jumladan, uning kam ta'minlangan guruhlari turmush darajasini yaxshilashga yo‘naltirishni faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Dasturda ilgari surilgan “Kam ta'minlanganlarning ijtimoiy-himoyasi uchun kurashamiz” shiori ostida ilgari surilgan g‘oyalar ham birinchi navbatda yuqorida ta'kidlaganimdek, aholining muhtoj qatlamlari orasida boqimandalik kayfiyatini bartaraf etishga qaratilsa, ikkinchidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda ularning ishtirokini yanada ta'minlagan bo‘lamiz. 

Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish partiyamiz asosiy g‘oyasiga aylanib kelmoqda. Bunda biz asosiy e'tiborni “Keksalarimiz uchun munosib pensiya ta'minoti!”, “Biz keksalarimizning farovon hayoti uchun mas'ulmiz” shiorlari ostida partiya Kengashlari va tashkilotlarida, mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilayotgan aksiyalar negizida mamlakatimiz ravnaqi, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodga ozod va obod Vatan qoldirish borasidagi ishlarga o‘z hissasini qo‘shgan keksa avlod uchun hurmat va ehtirom ko‘rsatilayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz. 

Shu jihatdan olib qarasak, nomzod dasturida ilgari surilgan g‘oyalar mamlakat taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi uchun xizmat qiladi, deb o‘ylayman.

Menga berilgan imkoniyatdan foydalangan xolda Sizlarni 2016 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tadigan Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Saylovida faol ishtirok etishga xamda partiyamizdan kursatilgan nomzod Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonovga ovoz berishga chakiraman.

Yana bir bo‘lib o‘tgan uchrashuv ishtirokchisi Olmaliq shahar Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori, Toshkent viloyat kengashi deputati Qosimova Qizilgul Ermatovnaning ma'ruzasi:
Xotamjon Ketmonov o‘z dasturiy g‘oyalaridan kelib chiqib, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, elektorat manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy taraqqiyotning muhim masalalari to‘g‘risida o‘z qarashlari, yondashuvlari bor. 

Xotamjon Ketmonovning saylovoldi dasturida bozor iqtisodiyoti ijtimoiy yo‘naltirilgan va eng avvalo, jamiyat manfaatlariga qaratilgan bo‘lishi kerakligi qa'tiy belgilab qo‘yilgan. Xususan, band bo‘lmagan aholi bandligini ta'minlash, sanoat, ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, kommunal xizmatlar ko‘rsatishning samarasini yanada oshirish, ta'lim va sog‘likni saqlash sohalarini yanada takomillashtirish hamda yana bir qator dolzarb vazifalar belgilangan. 

Ayniqsa, Nomzod tomonidan sog‘liqni saqlash sohasida belgilab olinayotgan vazifalarni juda muhim deb hisoblayman.

Misol uchun,  aholi, ayniqsa, olis qishloq hududlarida birlamchi tibbiy yordamdan qulay va tez foydalanish imkoniyatini ta'minlovchi qishloq vrachlik punktlari tarmog‘ini kengaytirish masalasini, men – bir shifokor, deputat sifatida,  bugungi kunda eng dolzarb masala deb bilaman.

Shuningdek,  imtiyozli va bepul asosda malakali tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan tizimli nazoratni kuchaytirish masalasini Nomzod dasturidan o‘rin olgani tahsinga loyiqdir.

Xotamjon Ketmonov mustaqillik yillarda erishilgan natijalarni yuqori baholaydi va mamlakatimizning o‘sib borayotgan iqtisodiy salohiyatidan aholining barcha qatlamlari, shu jumladan, partiya elektorati vakillarini turmush darajasini yaxshilash maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat yuritishni faol qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilib qo‘ygan. Binobarin, xalq ishonchini oqlash yo‘lida bor kuch g‘ayratmizni ishga solib ishlashimiz kerak. Ana shu maqsadlarda partiyamiz g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab, Sizlarni Hotamjon Abdurahmonovichga ovoz berishga chaqiraman. 

Farg‘ona viloyati saylovoldi uchrashuvi qatnashchisi Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati, Rishton tumani “Miskin” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Nazirova Diloromxon Nosirovna ma'ruzasidan:

Barchamiz O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi ko‘rsatilgan hurmatli Xatamjon Abdurahmonovich Ketmonovning saylovoldi dasturi bilan atroflicha tanishib o‘tdik. 

Dasturda milliy manfaatlarga sodiqlik, mamlakat mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta'minlash, fuqarolararo va millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlikni saqlash, O‘zbekistonni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qo‘shilish, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashga qaratilgan qator ezgu maqsadlar o‘rin olganligiga hammamiz guvoh bo‘ldik desam xato bo‘lmas. 

Nomzodning saylovoldi dasturida bayon etilganidek, mamlakatimizning  ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish davomida barqaror ish o‘rinlarini yaratish, ayniqsa fuqarolarimizni chetga chiqib ketishlarini oldini olish, buning uchun har yili qabul qilinadigan ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash Davlat dasturi ijrosida yangicha yondashuvlarga o‘tish, bunda asosiy e'tiborni mehnat bozoridagi talab-taklifni to‘liq o‘rganish, hisobga olish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tuzishda joriy va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini to‘g‘ri va aniq belgilab olish masalalari dolzarbligi bilan e'tiborlidir.

Bundan tashqari, dasturda qishloq joylarida  munosib ish haqi to‘lanadigan barqaror ish o‘rinlarini taklif etayotan, birinchi navbatda o‘zimizda mavjud boy xomashyo resurslari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni ta'minlovchi yuqori texnologik tarmoq korxonalari, xizmat ko‘rsatish va servis sohasida faoliyat yuritadigan kichik korxonalarni tashkil etish orqali mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta'minlashni yanada faollashtirishga qaratilgan maqsadlar bizning hunarmand va tadbirkor xalqimiz uchun ayni muddaodir. 
Dasturda, odamlarni tashvishga solayotgan muammolarini o‘rganish va ularni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, bu borada yangi loyihalar, tashabbuslar bilan chiqishni maqsad qilib qo‘yilganligini a'lohida ta'kidlash lozim.

Yana dasturda, ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlar va xizmatlar narxini shakllantirish ustidan davlat va jamoatchilik nazorati samaradorligini yanada oshirish orqali narxlar va tariflarning o‘sishi inflyatsiya darajasidan yuqori bo‘lmasligini ta'minlash kabi hozirgi kuning dolzarb muamollari yechimlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Hulosa qilib aytganda, Xatamjon Abdurahmonovich Ketmonovning saylovoldi dasturida ilgari surilgan maqsad va vazifalar hozirgi kunda juda dolzarb hisoblanadi.
Shu bois men nomzodning Saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatlayman. Sizlarni 2016 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga hamda partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzod - Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonovga ovoz berishga chaqiraman!

O‘zbekiston XDP MK 
Matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida.
 

Mavzuga oid