Jahon | 17:37 / 18.11.2016
8061
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Rossiyadan S-400 tizimlarini xarid qilishi mumkin

Turkiya Rossiya bilan uning uzoq va o‘rta masofalarga uchuvchi S-400 zenit-raketa tizimlarini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deya ma'lum qilgan mudofa vaziri Fikri Ishik. 

Avvalroq, Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin, rasmiy Anqara va Moskva Turkiyaning milliy raketalarga qarshi mudofaa tizimini barpo etish bo‘yicha loyihasini muhokama etayotganini bildirgan edi. 

"RQM tizimlari borasidagi ishlar davom ettirilmoqda. Biz nafaqat S-400 majmualarini xarid qilish bo‘yicha Rossiya bilan, balki shunga o‘xshash to‘plamlari bor boshqa davlat bilan ham muzokaralar olib bormoqdamiz. Hozircha, Rossiya bu masalaga ijobiy yondashmoqda. Umid qilamizki, NATO a'zolari ham bunga jiddiy qarashadi va bizning tizim alyans talablariga mos keladi. Ammo, biz Rossiyaning taklifini hech qachon rad etmaymiz, balki maqsadimiz bu majmualarni o‘zimizda ishlab chiqishdir", — degan Ishik NTV telekanaliga bergan intervyusida. 

S-400 — uzoq va o‘rta masofalarga ucha oladigan zenit-raketa tizimi bo‘lib, 2007 yilda armiya safiga qabul qilingan. Majmualar barcha turdagi zamonaviy va istiqboldagi havo-kosmik hujumini qaytarishga mo‘ljallangan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid