Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik tennischi qizlar o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda
Qozog‘istonda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning juftlik bahslarida o‘zbekistonlik tennischilar Laylo Bahodirova va Milana Maslenkova muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqaning juftlik bahslari yarim finalida Laylo va Milana rossiyalik tennischilar Alyona Nikishina va Aleksandra Mironovaga qarshi kortga chiqib, 7:5, 6:0 hisobida zafar quchdi.
L.Bahodirova hamda M.Maslenkova final uchrashuvida qozog‘istonlik Dariya Detkovskaya va rossiyalik Avelina Sayfiddinova juftligi bilan kuch sinashadi.
Laylo Bahodirova turnirning yakkalik bahslarida Alyona Nikishinani 6:0, 6:3 hisobida yengdi va yarim finalda yana bir rossiyalik tennischi Mariya Tkacheva bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025