Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada motorli qayiq bilan yuk kemasi to‘qnashishi oqibatida 15 kishi bedarak yo‘qoldi
Indoneziya sohillari yaqinida, Yavan dengizida tezyurar motorli qayiq Vetnamning yuk tashuvchi kemasi bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda kamida 15 kishi bedarak yo‘qolgan, deb xabar bermoqda Singapurning The Straits Times nashri.
Voqea Yava orolining Sharqiy Yava viloyatidagi Tuban shaharchasidan 50 km uzoqlikda yuz bergan. To‘qnashuvdan keyin motorli qayiq to‘ntarilib, cho‘kib ketgan.
To‘qnashuv vaqtida qayiqda 27 kishi, asosan indoneziyalik baliqchilar bo‘lgan. Vetnamdan kelayotgan yuk kemasi ekipaji 22 kishidan iborat bo‘lgan, ulardan hech kim jabrlanmagan.
Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Guvohlarning aytishicha, motorli qayiqni boshqargan odam yuk kemasini sezmay qolgan.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025