Fan-texnika | 23:32 / 19.11.2016
7371
1 daqiqa o‘qiladi

"Soyuz MS-03" koinot kemasi Xalqaro koinot stansiyasiga tutashadi

Foto: © AFP

"Soyuz MS-03" koinot kemasi yangi ekipaj bilan 20 noyabrda avtomatik tartibda Xalqaro koinot stansiyasiga tutashishi belgilangan.

"Stantsiyaga yaqinlashish va unga tutashishni avtomatik tartibda amalga oshirish rejalashtirilgan. Kema stansiyaga Roskosmos fazogiri Oleg Novitskiy, NASA fazogiri Peggi Uitson va YeKA fazogiri Tom Peskedan iborat yangi ekipajni yetkazishi kerak", deb ma'lum qilindi Parvozlarni boshqarish markazida (PBM).

PBM xodimlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, kema stansiyaning "Rassvet" tadqiqot moduliga 20 noyabrda soat 3.02 da tutashishi kerak. Tutashishning germetikligi va bosimning bir xillashtirilgani tekshirilgach, yangi ekipaj stansiya bortiga o‘tadi.  

Eslatib o‘tamiz, kema 17 noyabrda "Soyuz-FG" raketa-tashuvchisi yordamida fazoga uchirilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid