Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple yaxshi daromad keltirmayotgan bo‘limini yopdi
Apple kompaniyasi simsiz routerlar ishlab chiqaruvchi bo‘limini yopdi. Bunga kompaniyaning o‘ziga maksimal foyda keltiradigan mahsulotlar ishlab chiqarishga e'tibor qaratishni rejalashtirgani sabab bo‘lgan, deb yozmoqda Bloomberg.
Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, Apple so‘nggi yillarda asta-sekinlik bilan simsiz routerlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi xodimlarni boshqa bo‘limlarga o‘tkazib borgan.
Kompaniya o‘z routerlarini 2013 yildan beri yangilamagan. Hozirda Apple shu kabi qurilmalarning 3 turdagi modeli – AirPort Express, AirPort Extreme va AirPort Time’ni sotishni davom etmoqda.
Avvalroq kompaniya monitorlar ishlab chiqarishni to‘xtatib, LG bilan hamkorlik haqida e'lon qilgan edi.
Mavzuga oid
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
09:03 / 21.04.2025