Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston mahalliy ballistik raketa sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdi
Hindiston harbiylari mahalliy harbiy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Prithvi-II ballistik raketa sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda PTI agentligi.
Raketaning birinchi parvozi mahalliy vaqt bilan 09:35da Orissa shtatidagi Chandipur poligonida amalga oshirilgan. Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, ikkinchi raketa uchirilgan.
Ta'kidlanishicha, joriy yilda Prithvi loyihasidagi raketalar uchinchi marotaba havoga ko‘tarilmoqda. Fevral va may oylarida ham sinov parvozlari amalga oshirilgan edi.
Prithvi-II raketasi "yer-yer" tasnifidagi qurilma bo‘lib, 500 kgdan 1 tonnagacha bo‘lgan yadro kallagini tashiy oladi. Uning parvoz masofasi 350 kmni, vazni 4,6 tonnani tashkil etadi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025