Jahon | 10:33 / 21.11.2016
6239
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp inauguratsiyasidan so‘ng rafiqasi va o‘g‘li Nyu-Yorkda yashashda davom etishlarini tasdiqladi

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp uning oilasi kenja o‘g‘li Berron Nyu-Yorkdagi o‘qishini tashlab, uni boshqa yerda davom ettirishiga qarshi chiqayotganligini ma'lum qildi. Shuning uchun uning rafiqasi Melanya va o‘g‘li Berron Donald Tramp inauguratsiyasidan keyin ham Nyu-Yorkda yashashda davom etishadi va o‘quv yili tugagandan keyingina Tramp bilan birga Oq uyda bo‘la olishadi.  

Avvalroq OAV AQShning bo‘lg‘usi birinchi xonimi o‘g‘li Berron Nyu-Yorkdagi xususiy maktabda o‘qishi tugamaguncha, Oq uyga ko‘chib o‘tmay, o‘g‘li bilan birga Trump Tower binosining pentxausida qolishlarini ma'lum qilgandi.  

 

Mavzuga oid