Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik olimlar dunyoda birinchi foton protsessorni ishlab chiqishdi
Neyron tarmoqlarni rivojlantirish bilan bir vaqtda sun'iy intellekt ham faol rivojlanadi. Neyron tarmoqlar butun dunyo olimlariga ko‘plab ma'lumotlarni qayta ishlashga yordam beradi, mashinalar ular orqali obektlarni, odamlarning yuzlarini taniy olish, qayta ishlash va bir tildan boshqa tilga tarjimalarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Hozirgi paytda olimlarning e'tibori inson miyasi faoliyatini qayta tiklovchi maxsus protsessorlarni yaratishga qaratilgan. Priston universiteti jamoasi neyronlar imitatsiyasi uchun nurdan foydalanuvchi ilk protsessorni ishlab chiqdi. Hi-News nashri shu haqida ma'lumot berdi.
Olimlar o‘z ixtirolarini "integratsiyalashgan kremniy foton neyromorf chipi" deb atashmoqda. Bu optik hisoblash qurilmasi 49 tugundan iborat bo‘lib, ularning har biri nurlarning muayyan uzunlikdagi to‘lqinlari bilan ishlaydi. Nur tugun ichida to‘xtovsiz aylanadi, tashqariga chiqqach esa, lazer nuri ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Lazer keyingi tugunga yetganida zanjir tutashadi. Olimlar o‘z izlanishlarida muvaffaqiyatli natijaga erishishdi, zero optik chip an'anaviy protsessorlar uddasidan chiqa olmaydigan haddan ziyod tez hisoblashlarni amalga oshirishga qodir.
Masalan, foton protsessor matematik differensial tenglamani oddiy markaziy protsessorga nisbatan 1960 karra tezroq hisoblaydi, oddiy protsesoorlarda fotonlar o‘rniga elektronlar qo‘llanadi. Tadqiqotchilar yangi texnologiyaga katta umid bildirishmoqda, axir kelajakda optik hisoblovchi qurilmalar hammada bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
23:35 / 27.05.2025
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
19:21 / 27.05.2025
Ma’lumotlar xavfsizligi, mualliflik huquqi va qonun loyihasi – O‘zbekistonda sun’iy intellekt
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
18:15 / 20.05.2025