Jamiyat | 15:18 / 22.11.2016
11459
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: “Biz terrorchilarning qo‘lida G‘arb qurollari borligini ko‘rib turibmiz”

Foto: © RIA Novosti

AQSh boshchilik qilayotgan xalqaro aksilterror koalitsiyasining Suriya osmonidan tashlayotgan qurollarining yarmi IShID terrorchilik tashkiloti qo‘liga tushmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an aytib o‘tgan.

"Terrorizm bilan kurash masalasi bo‘yicha avvalambor G‘arbga savol berish kerak. Hozir biz IShID bilan kurashayapmiz. AQSh havo orqali qo‘llab-quvvatlamoqda, ammo biz IShID terrorchilari qo‘lida G‘arb ishlab chiqargan qurollarni ko‘ryapmiz. Albatta, amerikaliklar ularni qo‘llab-quvvatlamayapmiz demoqda. Biroq biz ularning samolyoti tashlagan qurollarning yarmini IShID jangarilari, yarmini esa suriyalik kurdlar qo‘lida ko‘rmoqdamiz", — dedi Erdo‘g‘an Isroilning “Kanal 2” telekanaliga bergan intervyusida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil ham huddi Turkiya singari bu masalaga atroflicha qaramoqda.

Mavzuga oid