Fan-texnika | 08:42 / 23.11.2016
6460
2 daqiqa o‘qiladi

1990-yillarda yaratilgan Honda Civic tezlik rekordi o‘rnatdi

Foto: motor.ru

Internetda 1990-yillarda yaratilgan, dreg-poyga (402 metrga sprinter poygasi) uchun tyuning qilingan Honda Civic tezlik rekordi o‘rnatgan rolik paydo bo‘ldi. Xetchbek turidagi mashina 402 metrni 7,61 soniyada bosib o‘tgan va masofa oxirida soatiga 321 km tezlikka erishgan. Avtomobilni tyuning qilganlar bu natija oldi privodli, standart shassiga ega mashinalar o‘rtasida dunyodagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘lganini aytishdi.

Maxsus "Sivik"ni AQShning SpeedFactory Racing tyuning atelesi tayyorladi. Umumiy bosib o‘tgan yo‘li 560 ming km ni tashkil qiladigan mashina Precision firmasining 2 litrli, 4 silindrli, katta turbinaga ega dvigatelini oldi. Dvigatelning quvvati 1850 ot kuchiga yetadi. 

Bir oy avval AQShning AMS Performance tyuning atelesi standart shassiga ega Nissan GT-R mashinasida dreg-poygada yangi jahon rekordini o‘rnatgandi. Tyunerchilarning "Godzilla" deb nomlangan bu mashinasi 402 metrni 7,14 soniyada bosib o‘tgan hamda bir hafta avvalroq Bahrayning Ekanoo Racing firmasi o‘rnatgan rekordni 0,02 soniyaga yaxshilagan.