Sport | 09:20 / 23.11.2016
8562
1 daqiqa o‘qiladi

«Borussiya» – «Legiya» urashuvi YeChL doirasida bir yo‘la uchta rekord o‘rnatdi

Dortmundning «Borussiya» va Polshaning «Legiya» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv (8:4) Yevropa chempionlar ligasining bir yo‘la ikkita rekordi o‘rnatilishiga sabab bo‘ldi.

Mazkur uchrashuv musobaqa tarixidagi eng sermahsul uchrashuvga aylandi. Oldingi rekord 2003 yilda «Monako» va «Deportivo» jamoalari uchrashuvida qayd qilingan bo‘lib unda 8:3 hisobi qayd qilingandi.

Bu safar umumiy gollar soni 12tani tashkil qildi.

Shuningdek mazkur o‘yin bir bo‘limda eng ko‘p gol kiritilgan uchrashuvga aylandi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida jamoalar 7ta gol kiritishdi.

Uchinchi rekordni esa «Borussiya»ning bir o‘zi qayd etdi. Tuxel shogirdlari eng qisqa vaqt mobaynida 5ta gol urgan klubga aylanishdi. Buning uchun ularga 16 daqiqa kifoya qildi.

Mavzuga oid