Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hewlett-Packard’ning daromadi 6 foizga tushib ketdi
Hewlett-Packard’ning 2016 chi moliya yilida daromadi 6 foizga tushib, 48,2 mlrd dollarni tashkil qildi, deb xabar berdi kompaniya. IV chi kvartal davomida ko‘rsatkich 12,5 mlrd.ni tashkil qilgan, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 foizga ko‘proq.
Oddiy aksiya sifatida hisoblanganda daromad bir kvartalda 0,36 dollarga tushib ketgan. 2016 chi moliya yili davomida kompaniya aksiyadorlarga 2 mlrd dollar miqdoridagi dividendlarni to‘ladi. Moliya hisoboti ma'lum qilingach HP aksiyalari 0,39 foizga arzonlashgan.
Hewlett Packard Enterprise’ning korporativ mijozlar uchun saqlash tizimlari va dasturiy ta'minotni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmasining sof daromadi IV chi kvartalda 78 foizga tushib ketib – 300 mln dollarni tashkil etdi. Tushgan pul esa 7 foizga qisqarib, 12,5 mlrd.ga teng bo‘lgan.
2016 chi moliya yilida Hewlett Packard Enterprise’ning sof daromadi 3,16 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu 2015 yilga qaraganda 28 foizga ko‘proqdir. Aktsiyaga bo‘lgan sof daromad 36 foizga ortib, 1,82dollarga teng bo‘lgan.
Kompaniyaga tushgan pul hajmi o‘tgan yil bilan solishtirganda 4 foizga pasayib - 50,1 mlrd dollarni tashkil qildi.
Mavzuga oid
12:51 / 06.05.2025
O‘zbekistonliklar daromadlarining o‘sishi sekinlashdi
22:31 / 28.04.2025
BRICS yangi valuta yaratishni rejalashtirmayapti
10:11 / 20.03.2025
DXX 1,2 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi
10:09 / 11.03.2025